Yangiliklar

08.04.2021

UzAuto TRAILER va “KAMAZ” ICHAJ O'zbekistonda tyagachlarni yangi modellarini taqdim etdi


5 aprelda Toshkent sh.da UzAuto TRAILER va “KAMAZ” ICHAJ modellar qatorining ikkita yangi vakilini taqdim qildilar: KAMAZ-54901 magistral tyagachi va gaz-dizelli KAMAZ-5490 NEO o'rindiqli tyagachi. Taqdimot “INNOPROM. O'zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko'rgazmasi doirasida o'tkazildi.

Yirik ko'rgazma xalqaro va Rossiya kompaniyalarining O'zbekiston va Markaziy Osiyo bozoriga kirishlari uchun platforma bo'lishi ko'zda tutilgan. Keng ko'lamli amaliy dasturda “KAMAZ” ICHAJ bosh direktor Sergey Kogogin va kompaniyaning boshqa rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyasi ishtirok etdi. O'z tashrifi doirasida KAMAZ rahbariyati hamkori – “UzAuto TRAILER” kompaniyasi bilan qo'shma stendida yangi tyagachlar modellari – KAMAZ-54901-004-92 va KAMAZ-5490-802-DC taqdimotini o'tkazdilar.

KAMAZ-54901 magistral tyagachi – bu magistral yuk tashish uchun yaratilgan flagman bo'lib, 2020 yildan sotila boshlangan K5 avlodi yuk mashinalarining eng yangi oilasiga mansub birinchi model sanaladi. Yuk mashinasining mutlaqo tekis polli, ikkita yotoq o'rinli va eni kengaytirilgan (2500 mm) butkul yangi kabinasi barcha zamonaviy talablarga javob beradi: uni yaratishda ergonomika, qulaylik va haydovchi uchun o'ng'aylikka urg'u berilgan. Yuk mashinasining yurishi yengil avtomobilnikiga o'xshaydi. Tyagach yangi qatorli 6 silindrli quvvati 450 ot kuchi bo'lgan KAMAZ R6 dvigateli, yangi avtomatizatsiyalangan, haydovchi uchun kengaytirilan funksionalli ZF Traxon 12 bosqichli uzatmalar qutisi hamda yoqilg'ini tejash uchun pasaytirilgan uzatish nisbatiga ega Daymler orqa ko'prigi bilan jihozlangan. Old va orqa tormozlar – diskli. Shuningdek, yangi texnikaning afzalliklariga umumiy sig'imi 1400 l bo'lgan ikkita yoqilg'i baki kiradi, bu salmoqli yurish zaxirasi (taqriban 4,5 ming km)ni ta'minlash imkonini beradi.

Avvalgi K4 avtomobillar avlodiga taqqoslaganda, ilg'or texnologiyalarni qo'llash yoqilg'i sarfini 10% (100 km.ga 30 l)ga qisqartirish, servislararo intervalni 50% (120 ming km)ga oshirish resursni 20% (1,2 mln. km)gacha uzaytirish imkonini berdi.

Yana bir yangilik – KAMAZ-5490 avtomobilining eng ommabop modifikatsiyalaridan biri – dizel yoqilg'isi va metan (STG) da yuradigan KAMAZ-5490-802-DC. Gaz-dizelli KAMAZ-5490 NEO dizel yoqilg'isining metan bilan aralashmasida yoki faqat dizel yoqilg'isida yurishi mumkin, bu uning gaz quyish stansiyalari tarmog'i keng yoyilmagan joylarda qo'llash imkoniyatini kengaytiradi. KAMAZ-5490 NEO foydasiga tanlovlarini iste'molchilar quyidagilar bilan izohlaydilar: uzoq masofaga qatnash uchun qulay kabina, ikki rejimda ishlash imkoniyati va yoqilg'iga sarflarni sezilarli qisqarishi.

“KAMAZ” ICHAJning O'zbekiston Respublikasi bilan amaliy aloqalari ko'p yillik tarixga ega. Bugungi kunda O'zbekiston – “KAMAZ”ning asosiy eksport bozorlaridan biri. 2017 yilda respublikada – “O'zavtosanoat” AKning Samarqanddagi “UzAuto TRAILER” sho'ba korxonasi bazasida yangi qo'shma korxona ochilgan, KAMAZ avtomobillari shassisini yig'uvchi yangi liniya ishga tushirilgan.

Bugunga qadar hamkorlik doirasida 2800 donadan ziyod KAMAZ avtomobillari ishlab chiqarildi, 250 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Mahalliy butlovchi qismlar yetkazib beruvchilarni jalb qilgan holda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo'yicha faol ish olib borilmoqda, bu qo'shimcha 200 dan ziyod ish o'rni yaratadi. Bugungi kunda “UzAuto TRAILER” kompaniyasi tomonidan sanoatning turli tarmoqlari uchun KAMAZ shassisi bazasida 20 turdan ziyod maxsus texnika ishlab chiqarish o'zlashtirildi va modellar qatori yana kengaytirilmoqda

Yangi texnikalar – KAMAZ-54901 magistral tyagachi va KAMAZ-5490 NEO gaz-dizelli o'rindiqli tyagachni UzAuto TRAILER rasmiy dilerlik markazlarida 2021 yil 1 maydanoq xarid qilish mumkin. Bundan tashqari, “KAMAZ-LIZING Uzbekistan” kompaniyasi yangi tyagachlarni lizingga xarid qilishning foydali shartlarini ham taklif etadi:

— boshlang'ich to'lovi 25%, 3 yil muddatga, yillik 16% stavkada
— boshlang'ich to'lovi 25%, 4 yil muddatga, yillik 20% stavkada

Batafsil ma'lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin:

+99871 202 88 66
+998 55 501-90-9

2021 © СП ООО «KAMAZ ASIA LEASING»

Войти