Yangiliklar

25.11.2021

“KAMAZ-master” jamoasi “Dakar-2022” ralli-marafonida qatnashgani ketdi

“KAMAZ-master” jamoasi “Dakar-2022” ralli-marafonida qatnashgani ketdi

Jamoa Yevropaga yo‘l oldi, u yerda 30 noyabr kuni Fransiyaning Marsel shahrida Arabiston yarim orolidagi poygalarda qatnashish uchun ishtirokchilarning texnikalari paromga yuklanadi. “KAMAZ-master” jamoasi poygaga to‘rtta yuk mashinasini qo‘yadi. Ularning ikkitasi – muxlislarga tanish KAMAZ-43509 va ikkitasi K5 oilasiga mansub KAMAZ-435091 mashinalaridir.

Navbatdagi “Dakar” K5 seriyasidagi kabina bazasida tayyorlangan yangi sport avtomobilining premerasi bo‘lishi kerak, deb qayd etadilar KAMAZ vakillari. 2020 yilda K5 avlodiga mansub KAMAZ avtomobillarining tajriba-sanoat partiyasisi bozorga chiqarilgan va yaxshi mluohazalarga ega bo‘ldi. Bugungi kunda model yalpi ishlab chiqarilmoqda – kuniga kamida 10 dona avtomobil yig‘ilmoqda. Bu- KAMAZning sport avtomobillaridagi yangi qadamidir.

44- “Dakar” 2-yanvarda Hoil shahrida boshlanadi va 14-yanvar kuni Jiddada yakunlanadi.

2022 © СП ООО «KAMAZ ASIA LEASING»

Войти