Yangiliklar

14.12.2021

Naberejnye Chelnidagi Kamskiy avtogiganti qurilishi boshlanganiga 52 yil to'ldi

KAMAZ muhim sanani nishonladi - Naberejnye Chelnidagi Kamskiy avtogiganti qurilishi boshlanganiga 52 yil to'ldi!

Korxona o'zining 52 yilligini yaxshi ishlab chiqarish va moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlar bilan nishonlamoqda. Shunday qilib, 2021-yilning o'n bir oyida KAMAZ 39 658 ta avtomobil ishlab chiqardi. Bu esa o'tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko'pdir. Shu bilan birga, kompaniya zavodlarida keng ko'lamli modernizatsiya ishlari davom etmoqda, modellar qatori yangi KAMAZ avtomashinalari va K5 avlodidagi samosvallar bilan to'ldirildi. Shuningdek, innovatsion elektr yo'lovchi transport vositalarining turlari ham kengayishda davom etmoqda.

Kamaz Asia Leasing hamkasblari va hamkorlarini samimiy qutlaydi! Ushbu muhim sana yangi ufqlarni o'zlashtirish, daromadlarni ko'paytirish, barcha o'ylangan reja va loyihalarni amalga oshirishda yana bir qadam bo'lsin. Sizlarga omad va farovonlik tilaymiz!

2022 © СП ООО «KAMAZ ASIA LEASING»

Войти