LIZING BЕRUVCHI KIM?

«KAMAZ ASIA LEASING» Qo‘shma korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida bevosita ishlab chiqaruvchining o‘zi tomonidan lizing xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tashkil qilingan. «KAMAZ ASIA LEASING» MCHJ QK 2019-yil dekabr oyidan boshlab faoliyat yuritadi. Kompaniya UzAuto TRAILER tomonidan ...

996
SOTUVCHI KIM?

UzAuto TRAILER va/yoki uning rasmiy dilerlari

905
RASMIY DILERLIK MARKAZLARI QAYERLARDA JOYLASHGAN?

Dilerlik markazlari butun respublika bo‘ylab mavjud. Ularning manzillarini ushbu havola bo‘yicha topishingiz mumkin

956
LIZING OLUVCHI BIRINCHI BADAL SIFATIDA LIZING PREDMETI QIYMATINING QANCHA ULUSHINI TO‘LASHI TALAB ETILADI

Lizing oluvchining ulushi lizing predmeti qiymatining 10% dan kam bo‘lmasligi kerak.

971
LIZINGNING FOIZ STAVKASI QANCHA?

Lizing foiz stavkasi – 16%. Mijozning xohishi bo‘yicha, to‘lovni annuitet usuli bo‘yicha (har oyda teng qismlar bilan) yoki kamayish tartibida shartnoma asosida amalga oshirish mumkin.

925
LIZING OBYEKTI QAYSI TOMON NOMIGA RASMIYLASHTIRILADI?

Lizing obyekti (transport vositasi) lizing beruvchining nomiga rasmiylashtiriladi.

912
LIZING OBYEKTI QACHON LIZING OLUVCHINING NOMIGA O‘TADI?

Lizing to‘g‘risidagi shartnoma shartlarida ko‘rsatilganiday, lizing obyekti lizing to‘lovlari to‘liq amalga oshirilganidan keyin o‘tadi.

865
LIZING OLAYOTGANDA QANDAY TO‘LOV TURLARINI AMALGA OSHIRISH KERAK?

Lizing oluvchining to‘lovi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: dastlabki badal (25%), sug‘urta to‘lovi (1%), jadval bo‘yicha oylik lizing to‘lovlari.

928
LIZING OLISHDA KOMISSIYA HAQI VA BOSHQA TO‘LOVLAR BORMI?

Qo‘shimcha komissiya to‘lovlari mavjud emas.

877

2021 © СП ООО «KAMAZ ASIA LEASING»

Войти