«KAMAZ» OAO TASHKILOTLAR GURUHINING KOMPLAENS-SIYOSATI

1. Asosiy tushunchalar va ta’riflar

Komplayens – Jamiyat va «KAMAZ» OAO (quyida - Kompaniya) guruhlari faoliyatining hamda Kompaniya xodimlarining xalqaro talablarga, Rossiya, faoliyat Rossiya Federatsiyasidan tashqarida amalga oshirilgan taqdirda esa, qo‘llanadigan chet el qonunchiligiga hamda ichki normativ va farmoyish hujjatlariga, Kompaniya boshqaruvchi organlarining qarorlariga muvofiqligi.

Kompaniyaning komplayens-tizimi – bu Kompaniya xodimlari tomonidan, ular egallab turgan lavozimdan qat’i nazar, komplayens tamoyillariga amal qilinishini ta’minlovchi, Kompaniyaning ichki normativ hujjatlari bilan tartibga solingan, korporativ madaniyat elementlari, tashkiliy tuzilma, qoidalar va protseduralar yig‘indisi.

Korrupsiyaga va jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohalari Kompaniya komplayens-tizimi rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.

Korrupsiya – bu lavozim suiiste’mol qilish, pora berish, pora olish, poraxo‘rlikka vositachi bo‘lish, vakolatlarni suiiste’mol qilish, tijoriy poraga uchirish, Kompaniya nomidan yoki uning manfaatlarida noqonuniy ravishda mukofot berish, uni taklif qilish yoki va’da qilish yoki Kompaniya Xodimi tomonidan, Kompaniyaning qonuniy manfaatlariga zid ravishda, o‘zi uchun yoki uchinchi shaxslar uchun pullar, qimmatli buyumlar, xizmatlar, ko‘ngilochar hordiqni, hordiqni, transport xarajatlarini to‘lash, boshqa mulk yoki mulkiy xarakterdagi xizmatlar, boshqa mulkiy huquqlar ko‘rinishida manfaat olishi yoki bunday manfaatning boshqa jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan shaxsga noqonuniy ravishda taqdim etilishi hamda Kompaniya nomidan yoki uning manfaatlarida ko‘rsatilgan harakatlarni sodir etish

«Davlat bilan bog‘langan shaxs» - a) davlat; (b) ommaviy organ; (v) ommaviy mansabdor shaxs; (g) ommaviy mansabdor shaxsning yoki mazkur xatboshining (d) va (e) bo‘limlarida ko‘rsatilgan shaxsning yaqin qarindoshi; (d) bevosita yoki bilvosita davlat yoki Ommaviy organ tomonidan nazorat qilinadigan tijorat tashkilotining yakuniy benefitsiari (20% va undan ortiqqa egalik qiluvchi), rahbari va xodimi*; (e) davlat, Ommaviy organ yoki Ommaviy mansabdor shaxs tomonidan yaratilgan yoki ushbular a’zosi bo‘lgan notijorat tashkilotining xodimi*, rahbari; (j) 20% va undan ortiqqa egalik qiluvchi (a), (b), (v), (g), (d) va (e) bandlarida ko‘rsatilgan shaxs yakuniy benefitsiari yoki rahbari bo‘lgan (shu jumladan Direktorlar kengashining yoki shunga o‘xshash boshqa boshqaruvchi organ a’zolari) tijorat tashkiloti.

Yuridik shaxsga nisbatan “nazorat” tushunchasi biror-bir shaxsning huquqi strategik, moliyaviy va operatsion qarorlar shunday nazorat qiluvchi shaxsning ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qilinishini ta’minlashini bildiradi:

(а) ushbu yoki boshqa har qanday yuridik shaxsning ustav kapitalida aksiyalar (ulashlar)ga egalik qilishi yoki ushbu yoki boshqa har qanday yuridik shaxsga nisbatan ovoz berishda qatnashish huquqlarini amalga oshirishi tufayli; yoki

(b) ushbu yoki boshqa har qanday yuridik shaxsning faoliyatini tartibga soluvchi ta’sis, ichki yoki normativ hujjatlarida yoki boshqa har qanday hujjatlarda taqdim etilgan har qanday vakolatlar tufayli.

«Ommaviy mansabdor shaxs» - har qanday darajadagi ommaviy organga saylangan shaxs*, sudya hamda ommaviy mansabdor shaxs lavozimiga nomzodlar.

«Ommaviy organlar» - (a) Rossiya Federatsiyasi davlat hokimiyati organlari, Rossiya Federatsiyasi davlat hokimiyati organlari va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga hamda Rossiya Federatsiyasi sub’ektlarining qonunchiligiga muvofiq tashkil qilinadigan boshqa davlat organlari, shu jumladan qonun chiqaruvchi, sud va ijroiya (shu jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari, Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari, boshqa qo‘shinlar, harbiy tuzilmalar va organlar) organlari; (b) bevosita aholi tomonidan saylanadigan yoki munitsipal tuzilmaga ega vakillik yoki ijroiya organi tomonidan tashkil qilinadigan, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni hal etish bo‘yicha o‘z vakolatlariga ega bo‘lgan organlar; (v) xorijiy davlat qonunchiligiga muvofiq tashkil qilinadigan va shunday deb tan olinadigan xorijiy davlatning davlat hokimiyati organlari, shu jumladan, ammo bu bilan cheklanmagan holda qonun chiqaruvchi, ijroiya, sud va boshqa organlari hamda siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari; (g) xalqaro ommaviy tashkilotlar (d) siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari ye) davlat bilan bog‘liq shaxs ishtirokidagi notijorat tashkilotlari.

«Xalqaro ommaviy tashkilot» - fuqarolik, siyosiy, madaniy ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda umumiy manfaatlarni himoya qilish va ustav maqsadlariga erishish uchun birgalikdagi faoliyat asosida tashkil qilingan hamda a’zolari turli mamlakatlarning sub’ektlari bo‘lgan birlashma.

«Yaqin qarindoshlar» - to‘g‘ridan-to‘g‘ri (ota-onalar, bolalar, nevaralar, bir ota-onadan bo‘lgan va bir ota-onadan bo‘lmagan aka-ukalar va opa-singillar, bobolar, buvilar) va yondosh (jiyan aka-ukalar va opa-singillar, xola-ammalar, tog‘a-amakilar, jiyanlar aka-ukalar va opa-singillarning turmush o‘rtoqlari) qarindoshlik rishtalari yoki oilaviy-huquqiy aloqa (er-xotinlar, er-xotinlarning yaqin qarindoshlari, bolalikka oluvchilar, bola qilib olinganlar, farzandlarning turmush o‘rtoqlari) bilan bog‘langan shaxslar.tashkiliy-idora va/yoki ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini doimiy, vaqtinchalik yoki maxsus vakolat bo‘yicha bajaruvchi.

Ma’muriy-xo‘jalik funksiyalariga, xususan, tashkilotlar va muassasalar, harbiy qismlar va bo‘linmalarning balansida va bank hisobraqamlarida saqlanayotgan mulk va pul mablag‘larini boshqrish va tasarruf qilish bo‘yicha vakolatlarni amalga oshirish hamda boshqa harakatlar, masalan, ish haqi, mukofot pullarini hisoblash, moddiy boyliklar harakatini nazorat qilish, ularni saqlash tartibini belgilash va hokazolar haqidagi qarorlarni qabul qilish kirishi mumkin.

 

2. Komplayens tizim tamoyillari:

2.1. Har qanday turdagi korrupsiyaga nisbatan murosasizlik

Kompaniya o‘zining ishlab chiqarish, investitsion va boshqa har qanday faoliyatini amalga oshirish jarayonida har qanday korrupsion harakatlarni nojoiz deb hisoblaydi. Korrupsiyaga nisbatan murosasizlik Kompaniya nomidan yoki uning manfaatlarida harakat qiluvchi istalgan shaxs uchun, u yoki bu mamlakatda biznes yuritish amaliyotidan qat’i nazar, korruptsion harakatlarni bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki biror-bir vositachilar orqali qatnashishga qat’iy taqiqni bildiradi.

2.2. Amal qilishning qat’iyligi

Qo‘llanadigan qonunchilik hamda ichki normativ va idora hujjatlarining talablari, egallab turgan lavozimidan, faoliyat muddatidan, maqomi va Kompaniya bilan boshqa o‘zaro munosabatlaridan

2.3. Jazoning muqarrarligi

Kompaniya korrupsion harakatlar uchun va komplayens sohasidagi xalqaro, Rossiya qonunchiligining, faoliyat Rossiya Federatsiyasidan tashqarida amalga oshirilganida esa,  qo‘llanadigan chet el qonunchiligi hamda ichki normativ va idora hujjatlari talablarining buzilishi uchun (bunday qonunbuzarliklar miqdori va shakllaridan qat’i nazar), tez va muqarrar javobgarlikka tortish maqsadida barcha oqilona va qonuniy sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.

Kompaniya korruptsion harakatlari uchun javobgarlikka tortilgan shaxslar haqidagi axborotni belgilangan tartibda oshkor qilish huquqini o‘zida qoldiradi.

3. Komplayens tizimning muhim elementlari

3.1 Xodimlar bilan o‘zaro munosabatlar

Kompaniya o‘zining barcha xodimlari mazkur Siyosatda va “KAMAZ” OAOning Korporativ axloq kodeksida keltirilgan tamoyillarga qo‘shilishini hamda amaldagi qonunchilik va Kompaniyaning ichki normativ va idora hujjatlari talablariga so‘zsiz amal qilishini kutadi.

Hatto Kompaniya rad etishi natijasida qo‘shimcha moddiy yoki nomoddiy manfaat ololmagan va/yoki zarar ko‘rgan bo‘lib, bundan faqat qonunchilik yoki mazkur Siyosat talablarini buzgan holdagina qochish mumkin bo‘lgan holatda ham, Kompaniya, qonunchilikka muvofiq, korrupsion harakat sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan harakatni amalga oshirishdan voz kechgan xodimlarga nisbatan hech qanday jazo choralari qo‘llanmasligini kafolatlaydi.

Kompaniya  xodim tomonidan sodir etilgan taxminiy korrupsion harakatlar haqida vijdonan xabar bergan xodimlarga nisbatan Kompaniya ichida ko‘riladigan noqonuniy javob choralarini yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat deb hisoblaydi va ularni o‘z vaqtida aniqlashga va oldini olishga harakat qiladi.

3.2 Kontragentlar bilan o‘zaro munosabatlar

Kompaniya “KAMAZ” OAO tashkilotlari guruhi amal qiladigan qadriyatlarga amal qiluvchi ish hamkorlari bilan hamkorlik qilishni ma’qul ko‘radi.

Ushbu bayonotni ro‘yobga chiqarish uchun Kompaniya kontragentlarni jalb etishda tegishli xushyorlikni namoyish etadi va mazkur siyosat talablari haqida ma’lum qiladi.

3.3 Ommaviy mansabdor shaxslar va davlat bilan bog‘liq shaxslar bilan o‘zaro munosabatlar

Kompaniya ommaviy mansabdor shaxslar va/yoki davlat  yoki ommaviy organlar bilan bog‘liq shaxslarning har qanday xarajatlarini to‘lash yoki qoplashni, o‘z faoliyatini yuritish jarayonida biror-bir noqonuniy afzalliklarga ega bo‘lish maqsadida ularga yoki ularning manfaatlarida har qanday mulkiy yoki boshqa manfaatlarni taqdim etishni yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat deb hisoblaydi.

3.4 Vakillik xarajatlari va sovg‘alarini amalga oshirish

Agar xarajatlar yoki sovg‘alar ommaviy mansabdor shaxslar va/yoki davlat yoki ommviy organlar bilan bog‘liq shaxslar tomonidan “KAMAZ” OAO tashkilotlar guruhiga noqonuniy  afzalliklarni taqdim etish haqidagi qarorlarning qabul qilinishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatsa,  Kompaniya bunday vakillik xarajatlarini amalga oshirishni, sovg‘alar berish va olishni nomaqbul deb hisoblaydi.

Vakillik xarajatlarini amalga oshirishga va ish sovg‘alarini in’om qilishga faqat, agar ular xalqaro, Rossiya qonunchiligi normalariga, faoliyat Rossiya Federatsiyasidan tashqarida amalga oshirilganida esa,  qo‘llanadigan chet el qonunchiligi hamda “KAMAZ” OAOning ichki normativ hujjatlari talablariga, xususan, “KAMAZ” OAO Komplayens siyosati va Korporativ axloq kodeksiga zid bo‘lmasagina, yo‘l qo‘yiladi.

3.5 Xayriya va homiylik faoliyatida qatnashish

Kompaniya  ommaviy mansabdor shaxslar va davlat hamda ommaviy organlar bilan bog‘liq shaxslar tomonidan “KAMAZ” OAO tashkilotlar guruhiga noqonuniy afzalliklarni taqdim etish haqida qaror qabul qilinishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi xayriya va homiylik loyihalarida, siyosiy faoliyatda qatnashmaydi.

 

3.6 Buxgalterlik va boshqaruvchilik hisobini yuritish

Barcha moliyaviy-xo‘jalik amaliyotlari va bitimlar batartib, to‘g‘ri va yetarli detallashtirish darajasi bilan buxgalterlik hisobida aks ettiriladi, hujjatlashtiriladi va qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirish uchun ochiq bo‘ladi.

Kompaniya xo‘jalik amaliyotlarining buxgaterlik hisobida aks etmasdan bajarilishiga, buxgalteriya ma’lumotlarining buzib ko‘rsatilishi yoki qalbakilashtirilishiga, boshqaruvchilik va hisobga olishning hamda hujjatlarni tasdiqlashning boshqa turlari yuritilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

 

3.7 Komplayens-tizim tavakkallarini baholash

Kompaniya korrupsiyaga uchrashi mumkin bo‘lgan biznes-jarayonlarni o‘z vaqtida kuzatish maqsadida komplayens-tizim tavakkallarini muntazam ravishda baholash ishlarini o‘tkazadi.

Kompaniya, ehtimoliy qonunbuzarlik hajmidan qat’i nazar, korrupsion faoliyatga jalb etilish xavfini boshqarish zaruratini tan oladi.

Kompaniya xodimlarga va boshqa uchinchi shaxslarga maxfiy ravishda va istagi bo‘yicha anonim tarzda “qaynoq liniya” orqali ehtimoliy qonunbuzarliklar haqida xabar berish imkonini taqdim etadi

2021 © СП ООО «KAMAZ ASIA LEASING»

Войти